ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
ICHIMLIK SUVI MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida Bog‘ot tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni soz holatga keltirish, elektr ta’minotini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, ayni damda 1-sektor hududida «Bog‘zor» mahallasida joylashgan Barkamol avlod bolalar maktabi o‘quvchilariga qulaylik yaratish maqsadida «Xorazm suv ta’minoti MCHJ» Bog‘ot tuman filiali xodimlari tomonidan 600 metr masofaga ichimlik suvi quvuri yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
23-06-2023, 09:20
Вернуться назад