DataLife Engine / “Tumanda o‘quvchi yoshlarni oromgohlarda sog‘lomlashtirish jarayoni bilan tanishuv”

“Tumanda o‘quvchi yoshlarni oromgohlarda sog‘lomlashtirish jarayoni bilan tanishuv”

Xorazm viloyati hokimi hamda viloyat AOKA tasdiqlagan media-rejaga ko‘ra Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” bolalar oromgohida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 4-yo‘nalishiga asosan “Tumanda o‘quvchi yoshlarni oromgohlarda sog‘lomlashtirish jarayoni bilan tanishuv” mavzusida media-tur o‘tkazildi. Media-tur ishtirokchilari oromgohda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Media-turda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi ma’naviy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Bekzod Ro‘zmetov tumanidagi oromgohlar haqida axborot berdi. Media-tur davomida o‘quvchi-yoshlardan jurnalistikaga qiziqishlari kuchli bo‘lgan yoshlar bilan qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi. Oromgoh rahbari Rustam Raximov media-tur ishtirokchilarini yotoqxona, “Kitoblar olami” xonasi, “Million dasturchilar izdoshlari” xonasi, spot zal, oshxonadagi sharoitlar bilan tanishtirdi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
19-07-2023, 08:38
Вернуться назад