DataLife Engine / BOG‘OT TUMANIDA XOTIN-QIZLAR UCHUN YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA

BOG‘OT TUMANIDA XOTIN-QIZLAR UCHUN YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA

BOG‘OT TUMANIDA XOTIN-QIZLAR UCHUN YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA   Bog‘ot tumani hokimi tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ularning muammo va takliflarini o‘rganishi hamda yangi loyihalarning kunlik ish rejasini nazorat qilishi natijasida yangi ish o‘rinlari ochilmoqda.Xususan, Bog‘ot tumanidagi “KOBO TEX” MCHJga qarashli “BULTEX PRO” tikuvchilik fabrikasida ayni damda 100 nafar tikish sirlarini mukammal egallagan 18-35 yoshdagi xotin-qizlar ishga qabul qilindi.Tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Abdullayeva fabrikada ish boshlagan ayollar bilan uchrashdi hamda xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Madina Baxtiyorova bilan birgalikda fabrikada ishlayotgan xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.   Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
28-07-2023, 09:45
Вернуться назад