DataLife Engine / OTALAR SO‘ZI - AQLNING KO‘ZI

OTALAR SO‘ZI - AQLNING KO‘ZI

OTALAR SO‘ZI - AQLNING KO‘ZI Bog‘ot tumanidagi 4-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “BIR NURONIY O‘N YOSHGA MAS’UL” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov ishtirot etib, tadbir mehmonlariga va tanlov ishtirokchilari bo‘lgan nuroniylarga samimiy minnatdorlik bildirdi. Tadbir davomida yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari, sartaroshlik va chilangarlik dastgohlari topshirildi. Nuroniy otaxonlar Nizomda ko‘rsatilgan 3 tа shart bo‘yicha bellashdilar. O‘zining namunali ishlari bilan ajralib turgan “Qorabog” mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan qatnashgan  Madraxim ota Xudayberganov faxrli 1-o‘rinni, “Qalajiqqal’a” MFY nuroniysi  Nurulla ota O‘dakov 2-o‘rinni va “Oq oltin” MFY nuroniysi Farxod ota Egamov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘olib va faol ishtirokchilar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. - Agar biz keksalar mahallaning “pok vijdoni”gа aylana olsak odamlarni, yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlasak, izimizdan ergashtira olsak yoshlar o‘rtasidagi har qanday muammolarni yecha olamiz va mana shunday martabaga va hurmatga loyiq ko‘rilamiz. Ozmi ko‘pmi mahallamda keksayu yoshning hurmatini qozonganimdan, bugun tanlovda 1-o‘ringa loyiq topilganimdan juda ham minnatdorman. Keyingi tanlovlarda ham yuqori natijalar ko‘rsatishimga ishonaman, — deydi Matkarim ota Xudayberganov. Ko‘rik tanlov qiziqarli bo‘lib o‘tdi, tadbir davomida nuroniylarimiz uchun dasturxon atrofida san’atkorlarining dasturlari namoyish etildi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
29-07-2023, 10:57
Вернуться назад