DataLife Engine / Bog‘ot tumanida “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

Bog‘ot tumanida “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

Bog‘ot tumanida “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi Oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida idoralararo hamkorlikni yaratishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi. Ochiq muloqotda Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva, adliya, ichki ishlar bo‘limlari, tuman tibbiyot birlashmasi, FHDYO hamda tumanda faoliyat yuritayotgan sud organi rahbarlari ishtirok etdilar. Ochiq muloqotda oilaviy ajrimlarning oldini olish, reproduktiv xizmatlar sifatini oshirish, ota-onalik mas’uliyati, oilalarni ixtiyoriy rejalashtirish mexanizmlari muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng Ishchi guruh xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini o‘rgandi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
5-08-2023, 10:50
Вернуться назад