DataLife Engine / Bog‘ot tumanidagi “Azimboy, Azizbek, Azamat” fermer xo‘jaligi dalasida 2024 yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha  seminar bo‘lib o‘tdi.

Bog‘ot tumanidagi “Azimboy, Azizbek, Azamat” fermer xo‘jaligi dalasida 2024 yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha  seminar bo‘lib o‘tdi.

Bog‘ot tumanidagi “Azimboy, Azizbek, Azamat” fermer xo‘jaligi dalasida 2024 yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha  seminar bo‘lib o‘tdi.Seminarda Respublika Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyev, tuman hokimi Jahongir Nazarov va agrar soha mutaxassislari ishtirokchilarga don ekinlarini belgilangan muddatlarda ekish uchun yerni tayyorlash, yaxlit konturlarni tanlash, mavsumda zarur bo‘ladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida va to‘liq yetkazib berish, boshoqli don ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va fermer xo‘jaliklarining manfaatdorligini oshirish borasida tushuntirib o‘tdilar. Seminar ishtirokchilari  g‘alla ekishga tayyorgarlik ishlari va bu jarayonga jalb etilgan texnikalar bilan ham tanishish bilan birga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ma’lumot o‘rnida: tumanda 2024 yil hosili uchun 10 ta hududda jami 72 ta fermer xo‘jaliklari hamda 1 ta klaster tomonidan 3000 gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan.
7-08-2023, 10:45
Вернуться назад