DataLife Engine / TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI   Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning “Bo‘ka” mahallasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda O‘zbekiston Prezidenti Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Nurmetov, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi hovlisida fuqarolarning murojaatlarini tuman hokimi batafsil tingladi.   Qabulda fuqarolar tuman hokimiga ish bilan ta’minlash, davolanish uchun moddiy yordam ajratish, yashash joyini ta’mirlashga amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat etdilar.   Sayyor qabul davomida murojaatlarning o‘ndan oshig‘i  joyida qanoatlantirildi qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.   Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
17-08-2023, 09:45
Вернуться назад