DataLife Engine / TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI “QALAJIQQAL’A” MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI “QALAJIQQAL’A” MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI “QALAJIQQAL’A” MAHALLASIDA O‘TKAZILDIFuqarolar muammolarini o‘rganish, ularning turmush tarzini yaxshilash borasida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov "Qalajiqqal’a" mahallasida aholi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tingladi. Qabulda Bog‘ot tumani Xalq qabulxonasi mudiri Q.Nurmetov, IIB boshlig‘i, 3- sektor rahbari E.Axmedovlar qatnashdi.O'tkazilgan qabulda fuqarolar uylarini ta’mirlashga yordam, ichimlik suvi ta'minoti bo'yicha, subsidiya ajratish, OTMda o‘qiyotgan farzandini kontrakt to‘lovida amaliy yordam, davolanishda moddiy yordam, ishga joylashish kabi turli masalalarda bo'yicha murojaat qildilar. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilish maqsadida tuman hokimi tomonidan tashkilot va korxonalarning mutasaddi rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi. Bog‘ot tumani hokimligi Axborot xizmati
25-08-2023, 09:25
Вернуться назад