DataLife Engine / “SIFATLI TA’LIM-KUCHLI JAMIYAT” MAVZUSIDA USTOZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI

“SIFATLI TA’LIM-KUCHLI JAMIYAT” MAVZUSIDA USTOZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI

“SIFATLI TA’LIM-KUCHLI JAMIYAT” MAVZUSIDA USTOZLAR FORUMI BO‘LIB O‘TDI Bog‘ot tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov qatnashdi. Kuni kecha o‘z ishini boshlagan forumga faol o‘qituvchilar va faxriy ustozlar taklif etildi. Unda yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, o‘quv rejalari, sho‘ba yig‘ilishlari doirasida uslubchilarga tanishtirildi. Forumda ustozlar tomonidan ta’kidlanganidek, davr shu qadar shitob bilan o‘tyaptiki, islohotlarning barcha bosqichi ilm-fan, texnika asosida jadallik bilan rivojlanishni taqozo qilmoqda. Davlatimiz rahbari har bir chiqishlarida ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini zamonaviylashtirish, xalqaro talablar darajasiga ko‘tarish vazifasini qo‘ymoqda.  Ustozlar milliy forumi doirasida ta’lim sohasidagi eng  fidoyi va faol ustozlar taqdirlandi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
25-08-2023, 10:30
Вернуться назад