DataLife Engine / NAVBATDAGI SAYYOR QABUL "TO‘PCHI" MAHALLASIDA O'TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL "TO‘PCHI" MAHALLASIDA O'TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL "TO‘PCHI" MAHALLASIDA O'TKAZILDI Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning eng chekka hududlardan bo‘lgan “To‘pchi” MFYda joylashgan Madaniyat markazida hokim o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirokida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joyini ta‘mirlashda yordam, tibbiy xizmat, imtiyozli kredit olish, kommunal sohaga oid kamchiliklarni bartaraf etish kabi turli masalalarda murojaatlar qilindi. Murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilib, qolgan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga masalalarning ijobiy yechimi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
14-09-2023, 09:05
Вернуться назад