DataLife Engine / OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI Bog‘ot tumani hokimligi kichik majlislar zalida AOKA hamda Xorazm viloyati hokimi tasdiqlagan media-reja asosida “Aholiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish masalalari” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot avvalida Bog‘ot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari X.Usmonovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Bozor tamoyillariga asosan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6186 sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 182-sonli qarori bo‘yicha subsidiyalar ajratish masalalariga bag‘ishlangan axboroti tinglandi. Ochiq muloqotda tasdiqlangan tartib asosida subsidiya ajratish jarayonlariga mas’ullar, tuman hokimligi axborot xizmati bo‘limi xodimlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida berilgan savollarga hokimning 1-o‘rinbosari javob berdi, muloqot yakunida ishchi guruh galdagi rejalarni belgilab oldi.
16-09-2023, 10:30
Вернуться назад