RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Bog‘ot tumani Oq tepa mahallasida joylashgan Markaziy shifoxona oldidan o‘tgan ko‘chani ta’mirlash va avtoturargoh tashkil qilishni so‘rab tarqatilgan xabar bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, ushbu yo‘l tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Toshkent ko‘chasi ichki xo‘jalik yo‘lining mayda chuqurchalari 6,2 tonna asfaltobeton qorishmasi bilan ta’mirlash ishlari o‘tkazilganini, avtoturargoh masalasini mas’ul tashkilotlar tomonidan bajarilishini bildiramiz. Fuqarolar videolavhada yo‘lning O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan jami 600 metr qismini yangidan ta’mirlash bo‘yicha murojaat qilganlar. Ushbu yo‘lni ta’mirlash ishlari «Mening yo‘lim», open byudjet va boshqa reja dasturlarga kiritilib, moliyalashtirish manbai aniqlashtirilgandan keyin tender savdolari orqali amalga oshirilishi rejalashtirilganini bildiramiz.
31-10-2023, 09:45
Вернуться назад