DataLife Engine / "Yashil makon" umummilliy loyihasi!!!

"Yashil makon" umummilliy loyihasi!!!

Ma'lumki joriy yilning 25-oktyabridan yurtimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi boshlandi.Shu munosabat bilan Bog‘ot  tumanidagi,  nuroniylar,mahalla  xotin-qizlar faollari ishtirokida “Yashil makon” kuzgi ko‘chat mavsumi bo‘lib o‘tdi. Bog‘ot tumani  hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva qatnashib, ko‘chat ekish tadbiriga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Shuni alohida qayd etish joizki, bugungi kunda "Xotin-qizlar yashil makon uchun" shiori ostida hududlarda, mahallalarda iqlim sharoitimizga mos ko‘chatlarni ekish tadbirlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Shuningdek,  so‘lim joylarda "Onalar bog‘lari" tashkil etilib, mazkur bog‘larga faol va tashabbuskor xotin-qizlar ishtirokida ko‘plab mevali va manzarali daraxt hamda gul va rayhon ko‘chatlari ekilmoqda. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati  
28-10-2023, 10:25
Вернуться назад