DataLife Engine / ZULFIYAXONIM QIZLARI

ZULFIYAXONIM QIZLARI

ZULFIYAXONIM QIZLARI “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga talabgor nomzodlarni saralash boʻyichaBogʻot  tumanida mazkur davlat mukofoti tanlovining joriy yilgi nomzodlarini saralash bo'yicha tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu borada, O'zbekiston Respublikasi “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga taqdim etish bo'yicha tegishli yo'riqnomaga ko'ra, tavsiya etiladigan nomzodlarga vatanparvarligi, ma'naviy yetukligi, a'lo hulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari, shuningdek, Vatanimiz tarixi, milliy allomalarimiz va jahon madaniyati merosini yaxshi egallagan qizlarimiz qatnashdilar. “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti nomzodlari adabiyot, san'at, fan, ta'lim, madaniyat, sport va jamoatchilik kabi yo'nalishlar bo'yicha tegishli mezonlar asosida baholandilar. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
27-10-2023, 09:05
Вернуться назад