DataLife Engine / BOG‘OT TUMANIDA IQLIM SHAROITIGA MOS BO‘LGAN KUZGI KO‘CHAT EKISH MAVSUMIGA START BERILDI

BOG‘OT TUMANIDA IQLIM SHAROITIGA MOS BO‘LGAN KUZGI KO‘CHAT EKISH MAVSUMIGA START BERILDI

BOG‘OT TUMANIDA IQLIM SHAROITIGA MOS BO‘LGAN KUZGI KO‘CHAT EKISH MAVSUMIGA START BERILDI Joriy  yilning  25 oktyabridan 1 dekabrigacha butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi o‘tkaziladi. Mavsum boshlanishi oldidan Bog‘ot tumanida nuroniylar, mahalla raislari, tashkilot rahbarlari, madaniyat va san’at namoyandalari va yoshlar ishtirokida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminarda Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov so‘zga chiqib, Bog‘ot bog‘lar yurti, uzumchi mirishkorlar yurti ekanligi, ekish uchun yetarli miqdorda tumanning tuprog‘i va iqlimiga mos mevali va manzarali daraxt  ko‘chatlari yetishtirilgani, endigi vazifa tayyor ko‘chatlarni belgilangan muddatda, agrotexnologiya talablari asosida o‘tqazish va to‘g‘ri parvarishlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanligini ta’kidladi. Tadbir yakunida nuroniylarning  ezgu tilaklari bilan ko‘chat ekish jarayoniga kirishildi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
25-10-2023, 09:25
Вернуться назад