DataLife Engine / YOSHLAR DAFTARI - YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA IMKONIYATLAR DAFTARIGA AYLANMOQDA

YOSHLAR DAFTARI - YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA IMKONIYATLAR DAFTARIGA AYLANMOQDA

YOSHLAR DAFTARI - YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA IMKONIYATLAR DAFTARIGA AYLANMOQDA Bugun Bog‘otlik 6 nafar yoshlarga subsidiya asosida asbob- uskuna hamda mehnat qurollari ajratildi. Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov “Yoshlar daftari"da turgan, og‘ir toifaga kiritilgan yoshlarning kelgusi rejalari haqida suhbatlashdi. Jumladan, motokultuvator egasi bo‘lgan Qulonqorabog‘lik yoshlardan B.Ro‘zmetov endilikda subsidiyadan unumli foydalanishini hamda doimiy daromad topish manbalarini va rejalarini aytib berdi. Tadbirda sektor rahbarlari ham ishtirok etdi. Bog‘zor mahallasidan Dinora Sobirova xursandligini yashirmasdan, zamonaviy tikuv mashinasi olish orzusi ushalganidan mamnunligini bildirdi va Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan e’tibor va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorlik bildirdi.
4-11-2023, 09:25
Вернуться назад