DataLife Engine / BOG‘OT TUMANI HOKIMI YUKSALISH MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI

BOG‘OT TUMANI HOKIMI YUKSALISH MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI

BOG‘OT TUMANI HOKIMI YUKSALISH MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARINI TINGLADI Bugun 1-sektor hududidagi “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi faollar zalida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Nurmetov, hokimlik mas’ul xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari qatnashishdi. Fuqarolar tomonidan 34 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan doimiy ishga joylashish, elektr ta’minotini yaxshilash, davolanish va operatsiya uchun moddiy yordam, uyini ta’mirlash, elektr energiya tarmoqlariga oid murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlar nazoratga olinib, yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tuman hokimi tomonidan tezkor topshiriqlar berildi.
2-11-2023, 09:25
Вернуться назад