DataLife Engine / BOG‘OT TUMANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

BOG‘OT TUMANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

Bog‘ot tumani hokimining FM-1209-sonli buyrug‘iga asosan, ayni kunlardagi ob-havo sharoitidan kelib chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy soha obyektlari va aholi xonadonlariga issiqlik yetkazib berish darajasini aniqlash, is gazidan ehtiyot bo‘lish va FVB tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorligini muvofiqlashtirish maqsadida, tumanda mexanizatsiyalashgan yig‘ma komandasi va kommunal soha tashkilotlaming mavsumga tayyorgarligi bo‘yicha saf ko‘rigi o‘tkazildi.   Tadbir davomida yaratilgan zahira materiallarining hozirgi holati o‘rganilib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
16-12-2023, 11:15
Вернуться назад