DataLife Engine / SAVDO YARMARKASIGA MARHAMAT

SAVDO YARMARKASIGA MARHAMAT

BOGʻOTLIKLAR UCHUN ARZONLASHTIRILGAN OZIQ- OVQAT YARMARKALARIDA BARCHA TURDAGI OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI MUHAYYO Aholini uzluksiz oziq-ovqat hamda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash,narx-navoning asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida, Bog‘ot tumani markazidagi Abu Rayhon Beruniy mahallasida tumanimiz aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada go‘sht, un, tuxum, shakar, kartoshka, piyoz, yog‘, guruch, meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlar sotilayotgani aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini to‘laligicha qondirib, ko‘nglini quvontirmoqda. Yarmarkaga kelgan keksayu yosh sifatli va arzon oziq-ovqatlarni xalq bilan baham ko‘rayotgan fermerlarga, tadbirkoru, yarmarkaning tashkilotchilariga rahmat aytishdi. Bozor ma‘muriyati tomonidan sotuvchilar, bozorga kelgan xaridorlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bozordagi narx-navo mas’ullar tomonidan nazorat qilinmoqda.     Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
18-12-2023, 09:17
Вернуться назад