Vatan himoyachilari sharaflandi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Bog‘ot tumani hokimligi tomonidan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov soʻzga chiqib, Milliy armiyamizning yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, sarhadlarimiz dahlsizligi, xalqimizning osuda hayotini taʼminlashdagi beqiyos hissasini eʼtirof etdi.
Xizmat faoliyati davomida shaxsiy namuna ko‘rsatgan harbiylar, ish faoliyatida yuqori natija va muvaffaqiyatlarga erishgan soha xodimlari Bog‘ot tumani hokimining tashakkurnomasi va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tantanali tadbir Madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturiga ulandi.
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
13-01-2024, 06:10
Вернуться назад