DataLife Engine / NURLI HAYOTDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

NURLI HAYOTDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Bugun 3-sektor hududidagi “Nurli hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Nurmetov, hokim o‘rinbosari D.Abdullayeva, hokimlik mas’ul xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamkorligida fuqarolar murojaatlari tinglandi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan doimiy ishga joylashish, elektr ta’minotini yaxshilash, davolanish va operatsiya uchun moddiy yordam, uyini ta’mirlash, elektr energiya tarmoqlariga oid murojaatlar yo‘llandi. Murojaatlar nazoratga olinib, yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddilarga tuman hokimi tomonidan tezkor topshiriqlar berildi.
18-01-2024, 07:38
Вернуться назад