Hokim va yoshlar uchrashuvi
Bog‘ot tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini joyida tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov 1- sektor hududida joylashgan Navbahor mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Tuman rahbari har bir murojaat qilgan yoshning taklif va muammolarini batafsil tingladi.
O‘tgan muloqot davomida tuman hokimi tomonidan ularning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, ishga joylashishlariga yordam berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, ayrim muammolarga joyida amaliy yordamlar berildi. Qabul davomida tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlar murojaatlarining yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi. Bu borada ishlar tizimli davom etmoqda.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
28-01-2024, 07:11
Вернуться назад