DataLife Engine / “XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON” SHIORI OSTIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI

“XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON” SHIORI OSTIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI

“XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON” SHIORI OSTIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI Bugun Bog‘ot tuman hokimligi, "Vatanparvar" tashkiloti Bog‘ot tuman O‘STQ, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli tumanda joylashgan xarbiy qisim bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, xarbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida mazkur xarbiy qisimda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda "Vatanparvar" tashkiloti Bog‘ot tuman O‘STQ avto karvoni va a’zolari, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining CHQBT rahbarlari boshchiligidagi o‘quvchi yoshlari qatnashdilar. "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri doirasida mehmonlar harbiy askarlar uchun yaratib berilgan sharoitlari bilan tanishdilar, xususan kutubxona, o‘quv mashg‘ulot xonalari va qurol aslohalari bilan tanishib, xizmat otlari va xizmat itlarini tamosha qildilar.   Bog'ot tumani hokimi axborot xizmati
2-02-2024, 11:40
Вернуться назад