BOGʻOT TUMANI AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI TOMONIDAN «KITOB-MENING ENG YAQIN SIRDOSHIMSAN» KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI
Ilk kutubxonalar eramizdan avvalgi 1600 yillarda paydo bo‘lgan ekan. Lekin, afsuski, u davrda ma’lumotlarni xammasini saqlab qoluvchi arxivlar bo‘lmagan.
Tumanimizda yildan yilga axborot- kutubxona tizimida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Aholiga axborot- kutubxona xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish sohasidagi asosiy vazifalarning xamma bandlarini hayotga tadbiq etish barcha kutubxonachilarning burchi va vazifasidir.
Bugun Bog‘ot tumani AKM kutubxonachilari «Armiya - hayot maktabi» tadbirida yangi adabiyotlar bilan ishtirok etdilar hamda ona-Vatan himoyasiga otlanayotgan yoshlarni «Yangi O‘zbekiston» kitobidagi ma’lumotlar bilan tanishtirishdi. Kitob o‘qiyotgan yoshlar ko‘zidagi shijoatini ko‘rib, tumanimizda kitobsevarlar soni yanada ko‘payishiga ishonchimiz komil bo‘ldi.
Tuman Ma’naviyat bo‘limi rahbari M.Bobojonov
Bog‘ot tumani hokimligi Axborot xizmati
3-02-2024, 06:25
Вернуться назад