ILMLI AYOL-JAMIYAT KO‘ZGUSI
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yil dekabrdagi 70-sessiyasida 11 fevral «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» sifatida rasman e’lon qilinib, ko‘plab davlatlarda keng nishonlanib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Respublika miqyosida “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusidagi haftalik doirasida tumanimizda ham ziyoli ayollar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar ilm-fan, ta’lim, san’at, jurnalistika, madaniyat va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan ayollar, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan, iqtidorli qizlar, olima ayollar haqida gapirib o‘tdilar. 36-son maktabida o‘tkazilgan tadbir yoshlarda o‘zgacha taassurotlar qoldirib, ularning ilmga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga zamin yaratdi.Tadbirni Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i D.Abdullayeva olib bordi.
Bog‘ot tumani hokimligi Matbuot xizmati
13-02-2024, 09:39
Вернуться назад