DataLife Engine / HOKIM QABULI

HOKIM QABULI

Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Yuzma-yuz muloqotda 25 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ular orasida salomatlikni tiklash, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotidagi uzilishlar singari masalalar aksariyatni tashkil etdi. Qabul davomida fuqarolarni qiynagan savollarga tuman rahbari batafsil  javob berib, qonun doirasida hal etish choralarini belgiladi. Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri M.Matkarimov, tegishli hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Hokim qabuli davomida yechimi qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etuvchi masalalarga muddat belgilanib, hokim nazoratiga olindi.   Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
15-02-2024, 17:40
Вернуться назад