DataLife Engine / Bog‘otlik Halimajon Qurbonova - Boku “Katta Dubulgʻa” turniri bronza medali sohibasi

Bog‘otlik Halimajon Qurbonova - Boku “Katta Dubulgʻa” turniri bronza medali sohibasi

Bog‘otlik Halimajon Qurbonova - Boku “Katta Dubulgʻa” turniri bronza medali sohibasi Boku “Katta Dubulgʻa” musobaqasining birinchi kunida final bloki boshlandi. Dastlab -48 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bronza medali uchun bahsda hamyurtimiz Bog‘ot tumani Dehqonbozor qishlog‘ida tug‘ilgan sportchi qizimiz Halimajon Qurbonova ispaniyalik Mireya Kamosga qarshi bahs olib borib, chiroyli gʻalabaga erishdi. Ushbu ajoyib natija evaziga yurtdoshimiz oʻz hisobiga jahon va PARIJ-2024 Olimpiadasi uchun 500 reyting ochkosini ham qoʻshib qoʻymoqda. Bog‘otliklarni hamda Halimajon Qurbonovaning ota-onasi va trenerlarini g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz.   Bog‘ot tumani hokimligi Axborot xizmati
17-02-2024, 05:48
Вернуться назад