DataLife Engine / TOMORQA-BANDLIK, TO‘KINLIK VA ARZONCHILIKNI TA’MINLASHNING SAMARALI YO‘LI

TOMORQA-BANDLIK, TO‘KINLIK VA ARZONCHILIKNI TA’MINLASHNING SAMARALI YO‘LI

Bog‘ot tumanidagi 1-sektorda joylashgan Gulzor mahallasi raisi O‘tkirbek Aminov mahalla aholisining tomorqadan mo‘l daromad olayotgani haqida gapirib berdi. Ma’lumot uchun, tumanimizda 30 ming 388 nafar tomorqa yer egasi mavjud bo‘lib, ular 4 929 gektar er maydonida dehqonchilik qilishmoqda, shundan, 1 682 gektar uy tomorqasi, 3 247 gektar dala tomorqasini tashkil qiladi. Tumanimizda 1 283 gektar maydonda sabzavot ekinlaridan hosil olinmoqda. Gulzorliklar orasida el dasturxonini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirib kelayotgan mehnatkash tomorqachilar ko‘p. lavhalarimiz MFYdagi xonadonlarda olindi. Jumladan, mahallaning Turkiston ko‘chasida yashovchi aka-uka Zafarbek va Ollambardi Egamovlar xonadonlarida 3 sotix issiqxonada rediska, ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz, ismaloq, kinza kabi vitaminlarga boy ko‘katlar el dasturxoniga tortiq etilmoqda.
26-02-2024, 06:45
Вернуться назад