DataLife Engine / Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bog'ot tumani Bog'zor mahallasida yashovchi fuqaro Jumaniyozova Sadoqatning farzandi Hayitbayeva Gulruh uchun subsidiyaga tikuv mashinasi olishda amaliy yordam so'rab qilgan murojaati bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Mazkur holat tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan o'rganilganda fuqaro Hayitbayeva Gulruh tomonidan subsidiyaga tikuv mashinasi olish maqsadida "Online-mahalla.uz" elektron platformasi orqali 2024-yil 19-fevralda 645394-sonli ariza bilan murojaat qilingan. Murojaatchiga mahalla hokim yordamchisi tomonidan 2024-yil 20-fevral kuni rejalashtirgan faoliyatni amalga oshirish uchun subsidiya mablag'ini ajratish maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi 32-sonli tavsiyanoma berilganligi, platformada bo'lgan texnik nosozliklar sababli, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va mahallalarni qo'llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ishdan bo'shaganligi va mas'ul shaxs belgilangandan keyin 2024-yil 16-mart kuni 2094-sonli Markaz xulosasi berilgan. 2024 yil 18-mart sanasida Hududiy boshqarmaning subsidiya ajratish to'g'risidagi 12519-sonli buyrug‘i chiqqan bo‘lib, murojaati ijobiy hal etilganligini, mahsulotlar tez kunlarda yetkazib berilishini ma'lum qilamiz.
18-03-2024, 10:15
Вернуться назад