DataLife Engine / Bog‘ot tumanida Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi

Bog‘ot tumanida Navro‘z umumxalq bayrami tantanalari bo‘lib o‘tdi

Yangilanish va yasharish ayyomi – Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan bugun erta tongdan Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” istirohat bog‘ida xalq sayli o‘tkazildi. Bayram tadbirida tumanimizning barcha hududlaridan mehnat faxriylari, yoshlar, madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etdilar. Milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimizni oʻzida mujassam etgan Navroʻz tantanasida tumandagi barcha mahallalar tomonidan oʻziga xos dekoratsiyalar va sahnalar tayyorlanib, bayramona, bahoriy tarzda bezatildi. Bayram tadbirlarida ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov samimiy muloqotlarda ishtirokchilarni Navroʻzi Olam bilan tabriklab, bayram munosabati bilan tashkil qilingan xalq amaliy sanʼati va milliy hunarmandchilik koʻrgazmalarini ko‘zdan kechirdi, folklor-entografik jamoalarning badiiy chiqishlari, dorboz oʻyinlari, sport musobaqalarini tomosha qilib, g‘oliblarni taqdirladi. Bayram ishtirokchilari uchun doshqozonlarda osh damlandi, shuningdek, sumalak va boshqa bahoriy taomlar tayyorlandi. Tumanimizda Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda.
19-03-2024, 09:56
Вернуться назад