DataLife Engine / Yoshi ulug' onaxonlar holidan xabar olindi

Yoshi ulug' onaxonlar holidan xabar olindi

Qutlug' bayramlar arafasida yoshi ulug' va yolg'iz keksalar, o'zgalar ko'magiga muhtoj, nogironligi bo'lgan insonlar holidan xabar olish, ko'nglini ko'tarish hamda ularga har tomonlama yordam ko'rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biridir. Tuman hokimi hokimi Jahongir Nazarov Gulshan mahallasida yashovchi 112 yoshli Sanamjon ona Otajonova hamda Qipchoq mahallasida istiqomat qiluvchi 106 yoshli Naziba Galimovalarning xonadonlarida bo'lib, ularni Navro'z hamda Muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, samimiy suhbatlashdi hamda bayram sovg'alarini topshirdi. Bir asrlik tarixning guvohi bo'lgan onaxonlar duoga qo'l ochib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligini tiladilar.
21-03-2024, 09:45
Вернуться назад