Sayyor qabul
Bugun Bog’ot tumanida viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratovaning sayyor qabuli o’tkazildi.
Qabul davomida xotin-qizlarning davolanish, moddiy yordam, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, uy-joy taʼminoti masalalari boʻyicha murojaatlari birma-bir muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, qabul davomida fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo’yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
27-03-2024, 04:25
Вернуться назад