Yolg'iz yashovchi onaxonning xonadonida hashar o'tkazildi
Joriy yilning 17-mart kuni Bogʻot tumani Koʻnabirlashuv mahallasida yakka yolgʻiz yashovchi Masharipova Ilyuziya Gilmugayanovnaning yashash xonadonida butun respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari, muborak Ramazon oyi hamda 21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bahorgi ekinga tayyorlash va uy tevarak, hovli ichini tozalab, daraxt nihollarni ohaklab, shakl berish ishlari amalga oshirildi.
Mavjud hovlidagi 12 sotix ekin maydonini yumshatilib ekin ekishga tayyorlash ishlarini Bogʻot tumani Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirildi.
17-03-2024, 08:05
Вернуться назад