Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari uchun seminar o‘tkazildi
Bugun Bog‘ot tumani hokimligida “Yuksalish” harakati Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan “Ijtimoiy muammolarni hal qilishda joylarda fuqarolik jamiyati institutlari loyihalarining o‘rni va ro‘li” mavzusida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘ini raislari uchun seminar o‘tkazildi
Tadbirda tuman hokimi Jahongir Nazarov, “Yuksalish” harakati Xorazm viloyati bo‘limi raisi Sayyora Abdukarimova, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatlarining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Adxam Ismailov, mahalla raislari hamda boshqalar ishtirok etdi.
Seminarda Oliy majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan davlat grantlari ajratish yuzasidan e’lon qilingan tanlovlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Yuksalish” harakati tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bo‘yicha ham fikr almashinib, ijtimoiy sheriklik borasidagi zarur yo‘nalishlar belgilab olindi.
3-04-2024, 07:01
Вернуться назад