Sayyor qabul
Bugun "Navbahor" MFY binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar murojaatlari bo‘yicha sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar asosan ishga joylashish, moddiy yordam, imtiyozli kredit, uy-joy, davolanish, tadbirkorlik faoliyati kabi masalalar bo‘yicha murojaat qildilar.
Murojaatlarning bir qismi shu joyning oʻzida hal qilindi, ayrim masalalar boʻyicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan muammoli masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
4-04-2024, 04:15
Вернуться назад