DataLife Engine / Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan muloqot

Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan muloqot

Bugun tasdiqlangan media-rejaga asosan eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Bog‘ot tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalari misolida tahlil qilinganida ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarning kooperatsiyasi va klasterlarini rivojlantirishga zarurat borligi aytildi. Shuningdek, eksportbop meva-sabzavotlarni ekish va parvarishlash boʻyicha hududlarga mos holda olimlar va agronomlar tomonidan texnologik kartalarning ishlab chiqilishi, sifatli urugʻ bilan taʼminlanishni yoʻlga qoʻyilishi maqsadga muvofiq ta’kidlandi. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda meva-sabzavot eksportini ragʻbatlantirish maqsadida, avvalo, mavjud muammolarni (saqlash, qayta ishlash, logistika va boshqalar) bartaraf etish kerakligi ta’kidlandi.
11-03-2024, 02:55
Вернуться назад