DataLife Engine / Yoshlarga yer maydonlarini ijaraga berish yuzasidan seminar o'tkazildi

Yoshlarga yer maydonlarini ijaraga berish yuzasidan seminar o'tkazildi

Davlatimiz rahbarining yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bog‘ot tumanida iqtisodiy soha vakillari, respublika ishchi guruhi va “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi Seminarda “E-auksion” platformasi orqali onlayn savdolarga chiqarilayotgan yer maydonlari, “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan yoshlar ro‘yxatini shakllantirish hamda auksionda qatnashish tartibi haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yig‘ilganlarga onlayn savdolarga chiqariladigan yer maydonlari uchun o‘tkaziladigan auksion savdolarida ishtirok etuvchi Prezident qarorida ko‘rsatib o‘tilgan 13 ta toifaga kiradigan yoshlardan tashqari fuqarolarni ro‘yxatga kiritmaslik bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi. Ma’lumot uchun, Bog’ot tumanida 240 gektar yer maydoni “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantirilgan ro‘yxatga kiritilgan 1 200 nafar yoshlarga onlayn savdolar orqali berilishi rejalashtirilgan.
10-04-2024, 01:30
Вернуться назад