Bog‘ot tumani hokimi Xitoy kompaniyasi rahbarini qabul qildi
Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov Xitoyning “Jiangsu Tiansheng Pharmaceutical CO., Ltd” kompaniyasi rahbari Ji Haoni qabul qildi.
Tuman hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yilning aprel oyida Xitoyga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy davomi boʻlgan uchrashuvda tumanimiz hududida toʻgʻridan toʻgʻri Xitoy sarmoyasi hisobidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, mazkur kompaniya Bog‘ot tumanida qizilmiya o‘simligini qayta ishlash orqali kosmetika va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
22-04-2024, 12:34
Вернуться назад