DataLife Engine / Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi

Aholi ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlanadi

Prezidentning “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi (Dastur) doirasida, quyidagilar amalga oshiriladi: hududlarda 100 mingta kvartiradan iborat bo'lgan ko'p qavatli uy-joylar quriladi; qurilish tashkilotlariga bozor tamoyillari asosida ajratilgan kreditlar bo'yicha kompensatsiya va kafilliklar taqdim etiladi; ko'p qavatli uy-joylar qurish jarayonlariga “yashil” uy-joy standartlari joriy qilinadi; ipoteka kreditlarini moliyalashtirishga kamida 17 trillion so'm mablag' yo'naltiriladi; kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun 120 million so'mgacha ipoteka kreditlari ajratiladi; banklarning o'z mablag'lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirish mexanizmlaridan keng foydalaniladi. Uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar 15-maydan boshlab Davlat Xizmatlari Markazi yoki my.gov.uz sayti orqali qabul qilinadi. Subsidiya 2 ta yo'nalishda ajratiladi: Yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun 120 million so'mgacha qayta moliyalash stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada (hozir 18 foiz) ipoteka krediti ajratiladi; Subsidiya dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi; Birlamchi uy-joy bozorlaridagi kvartiralarni sotib olish uchun viloyatlarda 330 million so'mgacha, Toshkent shahrida 420 million so'mgacha qayta moliyalash stavkasidan 4 foiz bandga yuqori stavkada (hozir 18 foiz) ipoteka krediti ajratiladi; Subsidiya dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun 30 million so'm hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi; Subsidiya ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yilning 15-mayidan 1-noyabriga qadar my.gov.uz portali yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi. Prezident farmoniga asosan Xorazm viloyati uchun tasdiqlangan parametrlar — jami to'lab beriladigan subsidiyalar soni 1 600 ta. Shundan, yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun ajratiladigan kreditlar bo'yicha subsidiyalar 500 ta, yangi uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo'yicha to'lanadigan subsidiyalar 1 100 ta.
5-05-2024, 02:50
Вернуться назад