DataLife Engine / Bog‘ot tumanida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bog‘ot tumanida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Bog‘ot tumanida 9-may Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov, sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, harbiylar, mehnat faxriylari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, jang maydonlarida bugungi ozod va erkin hayot uchun aziz jonini ayamasdan kurashgan ota-bobolarimizning qahramonliklarini yod etib, Ikkinchi jahon urushida qurbon boʻlgan minglab hamyurtlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari afg‘on urushi qatnashchilari sharafiga o‘rnatilgan yodgorlik maydonchasida bo‘lib, qahramonlik namunalarini koʻrsatgan yurtdoshlarimizning jasorati va matonatini yodga oldi.
9-05-2024, 11:45
Вернуться назад