Tuman hokimi Xitoy kompaniyasi vakillarini qabul qildi
Bogʻot tumani hokimi Jahongir Nazarov Xitoyning “Shaanxi Dashitton International trade Co.,Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda tumanimiz hududida toʻgʻridan toʻgʻri Xitoy sarmoyasi hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar, xorijiy innovatsiyalarni tadbiq etish, eksport hamda import operatsiyalarini kengaytirish xususida soʻz bordi.
Muloqot jarayonida Xitoy tomoni bugungi kunda Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi va samimiy qabul uchun tuman hokimiga minnatdorchilik bildirdi.
10-05-2024, 15:25
Вернуться назад