Bog’otda “Bir hudud-bir mahsulot” tamoyili asosida yoshlar yer maydonlariga ekin ekishmoqda
Prezidentimizning yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Bog’ot tumanida 1152 nafar yoshlarga onlayn auksion savdolari orqali 244 gektar yer maydonlari berildi.
Ayni kunlarda tumanning Nayman mahallasidagi 69 nafar ishsiz yoshlarga ajratib berilgan yer maydonlarida “Bir hudud-bir mahsulot” tamoyili asosida qovun va tarvuz singari poliz mahsulotlari ekilib, parvarish ishlari boshlab yuborilgan.
12-05-2024, 14:03
Вернуться назад