DataLife Engine / Viloyat hokimining o'rinbosari Bog'ot tumanida sayyor qabul o'tkazdi

Viloyat hokimining o'rinbosari Bog'ot tumanida sayyor qabul o'tkazdi

Bugun Bog’ot tumanida viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Saidovning fuqarolar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi. Fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ishtirokchilarning davolanish, bandlik, subsidiya kabi masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari tinglanib, birma-bir muhokama qilindi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berilib, ijobiy hal qilish choralari belgilandi.
14-05-2024, 06:57
Вернуться назад