DataLife Engine / Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda

Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish yuzasidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda

Bosh Prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Bog‘ot tuman bo‘limi, tuman hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tumandagi aholi vakillariga mazkur qarorning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, 1-may kunidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun tariflarga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, targ‘ibot tadbirlari davomida foydalanilgan energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, noqonuniy foydalanish oqibatida kelib chiqadigan javobgarlik haqida tushunchalar berildi.
15-05-2024, 11:41
Вернуться назад