DataLife Engine / Tuman hokimining sayyor qabuli o'tkazildi

Tuman hokimining sayyor qabuli o'tkazildi

Bugun 14-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 68 nafar fuqaro 98 ta masala bo‘yicha murojaat qildi. Jumladan, uy-joy ta’miri, subsidiya, moddiy yordam, kredit, bandlik, kadastr hujjati, tadbirkorlik va dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish kabi qator masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari, takliflari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi. Shuningdek, zarur hollarda murojaatchilarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
16-05-2024, 06:45
Вернуться назад