DataLife Engine / Bog‘otlik qizlardan tashkil topgan Xorazm terma jamoasi regbi bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

Bog‘otlik qizlardan tashkil topgan Xorazm terma jamoasi regbi bo‘yicha O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 16-19-may kunlari Fargʻona viloyatida yoshlar o'rtasida o‘tkazilgan Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etgan Bogʻot tuman olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab internatining regbi boʻlimi sportchi-o‘quvchilaridan iborat Xorazm terma jamoasi qizlari barcha raqiblarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib, Oʻzbekiston chempioni boʻlishdi. Guruh bosqichi: Xorazm - Navoiy 26:0; Xorazm - Namangan 29:7. Chorak final: Xorazm - Sirdaryo 40:0. Yarim final: Xorazm - Qoraqalpog'iston 24:7. Final: Fargʻona - Xorazm 0:40. Ushbu yutuq evaziga, sportchilarimiz oliy taʼlim muassasalariga imtiyozli ravishda oʻqishga kirish bilan birgalikda 2024-yilning 20-24-oktyabr kunlari Malayziyada oʻtkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini ham qoʻlga kiritishdi.
19-05-2024, 22:25
Вернуться назад