DataLife Engine / Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Prokuror va yoshlar uchrashuvi

Bugun Bog‘ot tumanida Xorazm viloyati prokurori Muradxon Axmedovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarning huquqiy salohiyatini yanada oshirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini tinglash va ijobiy hal etilishiga ko‘maklashishdan iboratdir.Uchrashuvda viloyat prokurori Muradxon Axmedov yoshlarga qarata murojaat qilar ekan, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar doirasi yildan-yilga kengayib borayotganligi xususida to‘xtaldi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yosh avlod vakillari viloyat prokuroriga o‘z rejalari, maqsad va intilishlarini bayon etishdi. O‘z navbatida Muradxon Axmedov bugungi kunda yoshlarning yanada faol bo‘lishiga va kelgusida mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun hayotiy tajribasidan kelib chiqib, o‘z taklif va maslahatlarini berdi.Tadbir yakunida, o‘qish jarayonida o‘zining bilim va salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh o‘quvchilar va ularning ota-onalari tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
21-05-2024, 01:37
Вернуться назад