Bugun Bog‘ot tumani hokimligida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Bog‘ot, Xonqa, Hazorasp va Tuproqqal’a tumanlaridagi mahallalarning xotin-qizlar faollari hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bo‘limlari xodimlari ishtirok etdi. Ochiq muloqot shaklida o'tgan o'quv-seminarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish, ularga o‘z biznesini tashkil etishda zarur huquqiy maslahatlar berish va amaliy yordam ko‘rsatish, faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor xotin-qizlar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ishsiz, ehtiyojmand ayollarni mehnat bozorida talab etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga ko‘maklashish masalalari atroflicha muhokama etildi.