DataLife Engine / 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Bugun, 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tuman hokimligida tashkil etilgan bayram tadbiriga sohada uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan faxriylar, bugungi kunda samarali faoliyat yuritib kelayotgan faollar taklif qilindi. Tuman hokimi Jahongir Nazarov ishtirokchilarni matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami bilan tabriklab, so'nggi yillarda yurtimizda axborot va so'z erkinligini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, soha fidoyilarini munosib rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganini takidladi. Shundan so'ng, sohaning bir guruh faollari tuman hokimining tashakkurnomasi va bayram sovg'alari bilan taqdirlandi.




27-06-2024, 10:26
Вернуться назад