DataLife Engine / Oltinqum shaharchasida tuman hokimining sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Oltinqum shaharchasida tuman hokimining sayyor qabuli bo'lib o'tdi

Bugun Oltinqum shaharchasi fuqarolar yig‘ini binosida tuman hokimi Jahongir Nazarovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Sayyor qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan 24 nafar fuqaroning uy-joy ta’miri, moddiy yordam, kredit, bandlik, dehqonchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari, takliflari Xalq qabulxonasi va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻrganildi. Qabulda tuman hokimi Jahongir Nazarov qatnashdi va fuqarolarning har bir murojaati tegishli soha mutaxassislari ishtirokida o‘rganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish choralari koʻrildi.

20-06-2024, 10:34
Вернуться назад